Yoshlar ijod saroyida Toshkentdagi Fransuz Alyansi tashkil topganining 10 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim Fransuz Alyansi direktori Dilshod Ahmedov tashabbusi bilan tashkil etildi.



Fransuz Alyansi o‘tgan o‘n yil davomida yiliga 1400 ga yaqin turli yoshdagi o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelmoqda. Shuningdek, Alyans DELF va DALF xalqaro imtihon markazi sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab o‘zbekistonlik o‘quvchilarga fransuz tilini bilish darajasini rasmiy tasdiqlash imkoniyatini yaratmoqda.



Ta’limiy faoliyatdan tashqari, Fransuz Alyansi – bu Fransiya madaniyati va qadriyatlarini yaqindan tanishtiradigan markaz bo‘lib, Espace Campus France platformasi orqali Fransiyada tahsil olishni istagan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Tantanali marosim yakunida taniqli fransuz pianinochisi Fransua Shaplen tomonidan Klod Debyussi, Erik Sati va Frederik Shopen kabi bastakorlarning asarlari mahorat bilan ijro etildi. Musiqiy chiqish mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.