TOSHKENTDAGI FRANSUZ ALYANSI BILAN STRATEGIK HAMKORLIK KENGAYMOQDA
26.03.2025Toshkentdagi Fransuz alyansi direktori Dilshod Axmedov, madaniyat sohasidagi loyihalar uchun mas’ul Eleonor Ventura va administrativ masalalar bo‘yicha maslahatchi Jan-Klod Byujong O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligidagi universitet mas’ullari bilan muloqot qildi.


Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, mamlakatimizda fransuz tilini o‘qitishni takomillashtirish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.




No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.