Bugun, 18-oktyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Toshkentdagi Hindiston Madaniyat markazi direktori Chandra Shekxar tashrif buyurdi.

Hindiston Madaniyat markazi direktori O’zDJTU rektori rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar sohaga oid bir qancha masalalarni muhokama qildilar.

- Hindistonning yetakchi OTMlari bilan turli sohalarda, jumladan, almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- O‘zDJTU xodim va professor-o‘qituvchilarini Hindistonning nufuzli universitetlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish;
- O‘zDJTUga hind tili o‘qituvchisini taklif qilish, jurnalistika, AKT va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun mutaxassislarni 3 oygacha bo‘lgan muddatga taklif qilish;
- hamkorlikda xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil qilish, ularda ishtirok etish uchun taraflar vakillarini taklif qilish;
- O‘zDJTUda Hind tili markazini tashkil qilish, hind tili, adabiyoti va madaniyati bo‘yicha o‘quv adabiyotlari hamda texnik jihozlar va kompyuter dasturlarini olish;
- Xalqaro jurnalistika fakultetida tashkil qilinadigan tele-radio studiyalar uchun zamonaviy jihozlar olish, nashriyot va distansion ta’lim uchun zamonaviy jihozlar olish masalalari shular jumlasidandir.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.