O’ZBEKISTON VA INDONEZIYA OLIY O’QUV YURTLARI TURIZM SOHASIDA HAMKORLIK QILADI

18.04.2025

Jakartada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Indoneziya ta’lim, turizm va biznes forumi doirasida Samarqand davlat chet tillari instituti delegatsiyasi Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Trisakti Turizm instituti (Institut Pariwisata Trisakti) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Trisakti Turizm instituti — Indoneziyaning eng yirik xususiy turizm oliygohlaridan biri bo‘lgan institut xalqaro darajadagi mehmondo‘stlik va turizm sohasida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Muassasa UNWTO TedQual sertifikatiga ega bo‘lib, bu uning ta’lim sifati va xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Uchrashuv davomida turizm va mehmondo‘stlik sohasida kadrlar tayyorlash, gid-tarjimonlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish: yozgi maktablar va qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 4 =