TSUKUBA UNIVERSITETI TASHABBUSI BILAN XALQARO ILMIY ANJUMAN O’TKAZILDI
17.03.20252025-yil 17-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «Kunchiqar izlanishlari: o‘zgarishlar davri global muammolari yechimida yaponshunoslikdagi nazariy va amaliy yondashuvlar» mavzusida 16-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning Tsukuba universiteti tashabbusi bilan 16-marta o‘tkazilgan ushbu konferensiya ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning 20 yilligiga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir.
Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Yaponiya va boshqa davlatlarning 10 ta oliy ta’lim muassasalaridan 25 nafar yetakchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.




Konferensiya davomida O‘zbekiston va Yaponiyaning tilshunoslik, madaniyat, tarix, siyosat, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohalari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishdagi innovatsion usullar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.