TURIZM YO‘NALISHIDAGI TEXNIKUM O‘QUVCHILARI GERMANIYADA AMALIYOT O‘TASH IMKONIYATIGA EGA BO‘LISHDI
05.07.2025Oʻzbekistonda ilk bor turizm yo‘nalishidagi texnikum o‘quvchilari xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Jumladan, Toshkent shahri, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi turizm texnikumlarining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat 15 kishilik guruh Germaniya Federativ Respublikasining Sankt-Peter-Ording shahridagi mehmonxonalarda yozgi amaliyotni boshlamoqdalar.

2025-yil yanvar oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Gyote instituti va Flensburg Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama hamkorlik shartnomasiga asosan yangi amaliy tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Shartnomaga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida 7 nafar, avgust oyida esa 8 nafar texnikum o‘quvchisi Germaniyada yozgi amaliyot o‘taydi. Ishtirokchilar avval Gyote institutida bir yil davomida nemis tilini o‘rganib, A2–B1 darajasiga ega bo‘lishdi.



Mazkur tashabbus O‘zbekistonda texnikum o‘quvchilarining xorijda amaliyot o‘tashi bo‘yicha ilk tajriba bo‘lib, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.