TURKIY DAVLATLAR O‘RTASIDA TA’LIM VA ILM-FAN SOHASIDAGI HAMKORLIK, ZAMONAVIY HOLAT VA KELAJAK ISTIQBOLLARI MAVZUSIDA XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

29.04.2025

Ozarbayjonning Boku shahrida “Turk barometri 2024: turkiy davlatlar o’rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik: zamonaviy holat va kelajak istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti vakili, dotsent Farog’at Fayziyeva ishtirok etdi. U konferensiya doirasida O’zbekistondagi ta’lim tizimi va ilmiy hamkorlikka oid so’rovnoma natijalarini taqdim etdi.​
Konferensiya davomida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi ilmiy-ijodiy markazlarni tashkil etish va turkiy davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, so’rovnoma natijalari asosida O’zbekiston ta’lim tizimining kuchli tomonlari va rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.​
Tadbirda ishtirok etgan boshqa mamlakat vakillari ham o’z tajribalari bilan o’rtoqlashib, turkiy davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid takliflar bildirdilar.​ Konferensiya yakunida turkiy davlatlar o’rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelgusidagi rejalar va tashabbuslar muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + 15 =