TURKIY UNIVERSITETLAR ITTIFOQINING 8-BOSH ASSAMBLEYASI BO’LIB O’TADI

13.10.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot xizmati xabar berishicha, 15-oktyabr kuni Turkiy universitetlar ittifoqining 8-bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda turkiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbir doirasida sho‘ba yig‘ilishlari, uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.