TURKIY UNIVERSITETLAR ITTIFOQINING 8-BOSH ASSAMBLEYASI BOSHLANDI

15.10.2025

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026-yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi.

Bugun ushbu tashabbus amalda: Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.

Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.

Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Turkiy akademiya tomonidan “TurkBarometer” ilmiy loyihasining 2024–2025-yillardagi natijalari ham taqdimot qilindi.

Turkiy universitetlar ittifoqining “Ilmdan o‘zga najot yo‘q” shiori ostidagi 8-Bosh Assambleyasi — turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, akademik birdamlik va madaniy integratsiyaning yangi bosqichini boshlab berdi. Assambleyaning sho‘ba yig‘ilishlarida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − 8 =