TURKIYA DELEGATSIYASI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

18.12.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Turkiyaning Rajab Toyyib Erdo‘g‘an universiteti rektori, professor Yusuf Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Turkiyaning Rajab Toyyib Erdo‘g‘an universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.