TURKIYADA 5 HAFTALIK YOZGI AMALIYOT DASTURI

18.04.2022

The Sky Global Summer Exchange & Internship Program dasturi – Turkiyada 2022-yil 18-iyuldan 19-avgustgacha amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Belgilangan sohalarda tahsil oluvchi 3-4-kurs bakalavrlar, shuningdek, magistrlar ariza topshirishi mumkin. Ingliz tilini C1 darajada biladigan 10 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:

  • Safar xarajatlari qoplanadi;
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;
  • 226 dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun havola: https://skyglobal.yee.org.tr/