TURKIYADA XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA PEDOGOG KADRLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

06.05.2025

Turkiyaning Istanbul universitetida Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Transformatsiya bugun va u mendan boshlanadi” chaqirig‘i ostida raqamli ta’lim va uni boshqarish, sun’iy intellekt hamda inklyuziv ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursi o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur kursga CHDPUning 17 nafar professor-o‘qituvchilari qabul qilingan bo‘lib,  kurs davomida tinglovchilarga QS reytingining Top-600 ro‘yxatidan o‘rin olgan universitetning malakali professorlari tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.

Kurs yakunida tinglovchilarga Istanbul universiteti sertifikati beriladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 8 =