TURKIYANING MARMARA UNIVERSITETIDA ISTIQBOLDAGI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

09.04.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i N.Imamova Turkiyaning Marmara universitetiga tashrif buyurdi.

Universitetda Turkshunoslik instituti direktori Prof. Dr. Okan Yesilot hamda Erasmus+ loyihalari bo‘yicha koordinatori Shahin Laysan Ilgizovna bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda TDSHU hamda Marmara universitetlari  o‘rtasida  Evropa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi dasturlarini amalga oshrish haqida muhokama o‘tkazildi.

Uchrashuv so‘nggida yangi o‘quv yilidan boshlab, mazkur loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.