TÜRKÜNİB ASSAMBLEYASI DOIRASIDA XALQARO ANJUMAN BO’LIB O’TMOQDA

16.10.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB) Assambleyasi doirasida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Konferensiya turkiy xalqlar oʻrtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, umumiy tarix, madaniyat, din, til va adabiyotni dunyo miqyosida targʻib etish, Qoraxoniylar davriga oid tarixiy va madaniy merosni ommalashtirishga qaratilgan.

Anjuman ochilishida Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqishdi.

Konferensiya o‘z ishini besh yo‘nalish — tarix va davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyat, turkiy islom madaniyati, til va adabiyot, hamda Yusuf Xos Hojib ijodini o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha sessiyalarda davom ettirmoqda.


No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight − three =