“UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI QO‘YISHDA FILOLOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI” | Xalqaro konferensiya
30.03.2024Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Uchinchi renessans poydevorini qo‘yishda filologik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati” nomli I xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Anjumanda O‘zbekistonning bir nechta oliy ta’lim rektorlari, shuningdek Turkiyaning Bartin Universitetidan, Istanbul Universitetidan, Firat Universitetidan, Xitoyning Pekin chet tillar universitetidan, Rossiyan davlat universitetidan, Qozog‘iston Milliy san’at akademiyasidan, Qozog‘iston respublikasi Janubiy Qozog‘iston Muxtor Avezov universitetidan hamda Qoraqalpog‘iston davlat universitetidan tilshunos olimlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.


