«ULUG’BEK ZIJI» ASARI ILK BOR O’ZBEK, RUS, INGLIZ VA XITOY TILLARIDA NASHR ETILDI

01.08.2025

O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan «Ulug’bek Ziji» («Ziji jadidi Ko’ragoniy») asari ilk bor o’zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu tarixiy kitob XV asrning buyuk astronom olimning asari bo’lib, Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulug’bek (1394-1449) boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.

Asar to’rt qismdan iborat bo’lib, birinchisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinchi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan.

Uchinchi qism sayyoralar harakati va yulduz astronomiyasiga bag’ishlangan bo’lib, unda 1014 ta yulduzning katalogi keltirilgan. To’rtinchi qism astrologiya, ya’ni munajjimlar bashorati tavsifiga oid.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 13 =