UNESCO INTERNATIONAL LITERACY PRIZES TANLOVI E’LON QILINDI

26.05.2020

UNESCO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan UNESCO International Literacy Prizes tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovning bu yilgi mavzusi: “Teaching and learning literacy: the role of educators and changing pedagogies”.

Tanlov o’z jamiyatlarida va jahonda aholi savodxonlik darajasini yaxshilashga sezilarli hissa qo’shayotgan shaxslar, nodavlat-notijorat tashkilotlar va uyushmalarni e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan.

Tanlov doirasida 5 nafar g’olib taqdirlanishi rejalashtirilgan. G’oliblarni taqdirlash marosimi UNESCOning Parijdagi bosh ofisida o’tkaziladi. Qo’shimcha ma’lumot uchun: https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes