URDUSHUNOS OLIMA POKISTON HUKUMATI MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

12.05.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, urdushunos olima Muhayyo Abdurahmonova Pokiston hukumati mukofoti bilan taqdirlandi.

Pokiston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasida O’zbekiston va Pokiston o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, shuningdek, O’zbekistonda sharqshunoslik sohasi, jumladan urdu tilini rivojlantirishga qo’shgan beqiyos xizmatlari uchun Pokiston Respublikasi hukumati tomonidan “Tamg’a-e-imtiyaz” mukofotini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.