VARSHAVA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK YO ‘LIDA

23.04.2025

Varshava universiteti (1816-yilda asos solingan) – Polshaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, dunyo reytinglarida doimo yuqori o‘rinlarni egallaydi (QS bo‘yicha 258-o‘rinda).

Universitet sharqshunoslik sohasida kuchli maktabga ega. Bu hamkorlik Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti  talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar – akademik almashinuv, birgalikdagi loyihalar va zamonaviy ta’lim usullarini rivojlantirish yo‘lini ochib beradi.

Ushbu hamkorlik natijasida ikki mamlakatning madaniyatlari va ilmiy izlanishlari o‘rtasidagi ko‘prik yanada mustahkamlanadi.

Bularning barchasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyatining Polshaga tashrifi doirasida yangi hamkorlar bilan muhokama qilindi. Shuningdek, o’zbekistonlik oliy talim tashkilotlari rahbarlari Varshava texnologiyalar universitetida ham bo’lib, xalqarolashuv va transformatsiya bo’yicha taqdimotlar bilan tanishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 + three =