VAZIR BOSHCHILIGIDAGI O’ZBEKISTON DELEGATSIYASI TO‘RTINCHI SUKUBA KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETMOQDA
01.10.2025Yaponiyaning Sukuba shahrida «Yangi cho‘qqilar sari jamiyat bilan hamkorlikda» shiori ostida o‘tkazilayotgan to‘rtinchi Sukuba konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.


1-oktyabr kuni Sukuba xalqaro kongress markazida start olgan nufuzli anjumanda sanoat, davlat boshqaruvi va akademik doiralari vakillari jahonning dolzarb muammolarini muhokama qilish, fan va texnologiya orqali yechim topish hamda tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida samarali aloqalar o‘rnatish maqsadida to‘planishdi.
Ochilish marosimida Sukuba universiteti rektori va Sukuba konferensiyasi qo‘mitasi raisi Nagata Kiosuke global tahdidlar – qashshoqlik, qurg‘oqchilik, xalqaro nizolar va yuqumli kasalliklarni tilga olib, ularga yechim topishda fan va jamiyat hamkorligining ahamiyatini ta’kidladi.





Shuningdek, Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Abe Toshiko hamda Ibaraki prefekturasi gubernatori Oigava Kazuxiko videomurojaat yo‘lladilar.
Plenar sessiyada Yaponiya Milliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tadqiqotlari tashkiloti (NARO) prezidenti Kyuma Kazuo, NVIDIA kompaniyasi vitse-prezidenti va Yaponiya bo‘yicha menejeri Osaki Masataka, Jahon yoshlar akademiyasi hamraisi Yensi Flores-Bueso ma’ruza qildi.
Anjuman 1–3-oktyabr kunlari davom etib, 35 ta sessiya va tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida nufuzli ilmiy mukofot sohiblari bilan muloqotlar va dunyo universitetlari hamda ilmiy muassasalarining yosh tadqiqotchilari chiqishlari ham nazarda tutilgan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.