VAZIR QO‘NG‘IROTBOY SHARIPOV YOSHLAR BILAN UCHRASHADI

16.12.2024

“Yoshlar forumi” tadbirlari doirasida ertaga, 17-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan barchani soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida kutamiz. Shuningdek, taklif va murojaatlaringizni yoshlarforumi.uz sayti va vazirlikning @eduuzuniversalbot‘i orqali ham yo‘llashingiz mumkin!