VEBSTER UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI KO‘RIB CHIQILDI

19.09.2025

2025 yil 18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Vebster universiteti” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda olib borilayotgan hamkorlik natijalari, universitet faoliyati hamda kampusni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir 2019-yildan beri yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik samaralari haqida to‘xtalib, talabalar soni 360 nafardan 6500 nafargacha oshganini, shuningdek, so‘nggi uch yilda universitet bitiruvchilari mehnat bozoriga kirib kelayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, universitetning joriy yilda 2850 nafar talabani qabul qilganini alohida qayd etdi.

Muloqot davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi. Vazir ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanishini va yaqinlashib kelayotgan forumda yana uchrashishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 19–20-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro sifatni ta’minlash forumi (IQAF) bo‘lib o‘tadi.

https://gov.uz/oz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven + 7 =