VEBSTER UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN TA’LIM DASTURIGA OID MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
22.08.2019Bugun, 22-avgust kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Vebster universiteti Ta’lim maktabi dekan o`rinbosari DJ Kayzer hamda Vebster universiteti MA TESL dasturi o`qituvchisi Vinodini Reardon tashrif buyurdi.

O`zDJTU rektori bilan Vebster universiteti vakillari ta’lim sifatini oshirishga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, qo`shimcha ta’lim dasturlarini ochish, 2019-2020 o’quv yili uchun qabul masalalari, nomzodlar tanlovi va boshqa shu kabi mavzular ko’rib chiqildi.

Uchrashuv doirasida o’quv jarayoniga tajribali professional o`qituvchilarni jalb qilish masalasiga ham alohida to`xtalib o`tildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.