VENGRIYADA TAHSIL OLISH UCHUN GRANT DASTURIDA ISHTIROK ETING

17.01.2023

Vengriya grant dasturi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi.

Vengriya hukumatining “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjatlar qabuli joriy yil 16-yanvargacha davom etishi ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda, vengriya tomoni hujjatlar qabulini joriy yil 23-yanvar soat 14.00gacha (Markaziy Yevropa vaqti bilan, Toshkent vaqti bilan esa – 18.00) uzaytirganini ma’lum qilamiz.

Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.