VYETNAM MILLIY MAJLISI RAISI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI
08.04.2025Parlamentlararo Ittifoqning 150-yillik yubiley Assambleyasi munosabati bilan Toshkent shahrida boʻlib turgan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy Majlisi raisi Chan Txan Man rafiqasi bilan birgalikda 7-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.



Universitetda Vyetnam Milliy Majlisi raisi Chan Txan Man va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi talabalar almashinuvini kengaytirish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish hamda taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, rais Chan Txan Man TDSHUning vyetnam tilini oʻrganayotgan talabalari uchun “Oʻzbekiston–Vyetnam munosabatlari” mavzusida maʼruza qildi.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.