Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va unga biriktirilgan To‘rtko‘l tuman 1-son politexnikumi vakillari Xitoyning Jinan shahriga tashrif buyurib, Shandong Tijorat va texnologiya instituti (SICT) hamda Hezi Axborot muhandisligi kolleji rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda sun’iy intellekt, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi va ilg‘or texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, tajriba va bilim almashish masalalari muhokama qilindi.
Safar yakunida To‘rtko‘l tuman 1-son politexnikumi, SICT instituti va Hezi kolleji o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv energetika, qayta tiklanuvchi energiya, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda akademik mobillik dasturi doirasida talaba va o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi. Ushbu hamkorlik To‘rtko‘l tumanidagi kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.