XALQARO ANJUMAN KO‘P MADANIYATLI TA’LIMDA RAQAMLI YONDASHUVLARGA BAG’ISHLANDI

14.11.2025

Navoiy davlat universitetida “O‘zbekistonning ko‘p madaniyatli muhitida til va adabiyotni o‘qitishda innovatsion va raqamli texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan tilshunoslar, adabiyotshunoslar, pedagoglar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

Anjumanda zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.