O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti tomonidan “18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan xattotlik, notiqlik, ashula aytish va she’rxonlik kabi tanlovlar e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan, fakultetning Arab tili kafedrasi tomonidan ushbu sanaga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Unda arab tilini katta qiziqish bilan o’rganayotgan talabalar o’z bilim va mahoratlarini namoyish qildilar.


