XALQARO HAMKORLIKDA YANGI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA

16.12.2025

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Nemis tili kafedrasi mudiri, dotsent  Zayniddin Sanakulov Indoneziyaning Malang davlat universitetida xizmat safarida bo‘lib,  dars mashg‘ulotlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.

Safar doirasida Malang davlat universitetida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida:
– mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,
– ChDPUning xalqaro maydondagi o‘rni va yutuqlari,
– Nemis tili kafedrasining xorijiy, xususan Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi,
– talabalar hayoti va o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqotlar davomida xalqaro talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalar va akademik dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilandi.