XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

10.04.2025

Andijon davlat chet tillari instituti rahbariyati tomonidan institutning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, tashqi investitsiyalarni jalb qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mazkur  institutga Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari tashrif buyurdilar. Dastlab tomonlar o’zaro uchrashuv tashkil qilib, qator masalalarni muhokama qildilar. Xususan, institutda ochilishi rejalashtirilgan Shvetsariya madaniyat markazining tamal toshi qo’yildi.

Bundan tashqari kun davomida mehmonlar va talaba-yoshlar o’rtasida davra suhbati ham bo’lib o’tdi. Unda elchixona vakillari bilan birga tashrif buyurgan shvet adabiyoti bo’yicha ko’plab tadqiqot va tarjima ishlarini olib borgan ikki olim tomonidan asarlardan parchalar o’qilib, tahlil qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 1 =