XALQARO ILM-FAN KENGASHINING MINTAQAVIY VAKOLATXONASINI O’ZBEKISTONDA TASHKIL ETISH MUHOKAMA QILINDI

12.10.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xalqaro ilm-fan kengashi (International Science Council — ISC) prezidenti Piter Glyukman bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida Kengashning Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasini Toshkent shahrida ochish masalasi muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro ilm-fan kengashi ijtimoiy va tabiiy fanlar yo‘nalishida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat tashkilot bo‘lib, u 140 dan ortiq mamlakatdagi 200 dan ziyod milliy ilmiy akademiyalar, uyushmalar va tadqiqot kengashlarini birlashtiradi.