XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTI VA XALQARO HAMKORLIK MASALALARI”

17.09.2021

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2021-yilning 18-oktabr kuni “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida o‘tkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

  • O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari
  • Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika muammolari
  • Madaniyatlararo muloqot va o‘zbek tili taraqqiyoti
  • O‘zbek tilining xorijda o‘qitilishi va o‘zaro hamkorlik masalalari
  • Til tarixi va turkiy manbalar

Anjumanda amal qiluvchi tillar: o‘zbek, ingliz, rus va barcha turkiy tillar.

Anjumanda ishtirok etish shakli: onlayn.

Batafsil ma’lumot uchun AXBOROT XATI