XALQARO ILMIY, AMALIY VA IJODIY LOYIHALAR TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

14.04.2025

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahridagi Ural davlat pedagogika universitetida XX Xalqaro ingliz tilidagi ilmiy, amaliy va ijodiy loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan iborat jamoa ishtirok etdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy-amaliy loyiha yuqori baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zDJTU jamoasi faxrli I va II o‘rinlarni egalladi.

Loyiha mavzusi, taqdimot sifati, til madaniyati va kreativ yondashuv hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etildi.

Mazkur ishtirok talabalarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro tajriba almashish va ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yutuq talabalar uchun kelgusida yana ko‘plab xalqaro tadbirlarda faol qatnashish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + two =