XALQARO KONFERENSIYA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING MUAMMOLARI VA YECHIMLARIGA BAG’ISHLANDI
20.05.202520-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, University of Sussex (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Adigey davlat universiteti, Janubiy Federal universitet kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamkorligida o‘tkazildi.



Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, zamonaviy lingvistikadagi dolzarb muammolar, ilm-fan yutuqlari va istiqboldagi yo‘nalishlar yuzasidan fikr bildirdi.
Yalpi majlisda xorijiy va mahalliy olimlar – professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Jumladan, sun’iy intellekt, raqamli tilshunoslik, kompyuter lingvistikasi, bilim grafalari, o‘zbek tilining morfologik analizatori, xorijiy tillarni o‘qitishda interaktiv platformalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Anjuman Zoom platformasi orqali onlayn formatda ham tashkil etilib, keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ldi.


Tadbir doirasida sho‘ba yig‘ilishlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy munozaralar olib bordishdi:
-Raqamli va axborot texnologiyalar asosida xorijiy tillarni o‘qitish;
-Onlayn ta’limda interaktiv vositalardan foydalanish tajribalari;
-Sun’iy intellekt va tilshunoslik integratsiyasi.
Anjuman natijalari soha mutaxassislari uchun yangi g‘oyalar va ilmiy izlanishlarga zamin yaratishi, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.