XALQARO MAYDONDA OLIY TA’LIM TIZIMINING O‘RNIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
23.10.2025Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Xalqaro maydonda oliy ta’lim tizimining o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Sankt-Peterburg davlat universiteti yuridik fanlar nomzodi, xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassis Y.M. Kurochkina ishtirok etdi. Seminar davomida oliy ta’lim sohasida globallashuv jarayonlari, xalqaro reyting tizimlari, ta’lim sifatini baholash mezonlari hamda chet el tajribalarini o‘zlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.