KOREYA XALQARO TASHKILOTI HAMKORLIGIDA «WORLDSKILLS» AMALIY TRENINGLARI BOSHLANDI
11.11.2025Samarqand shahridagi Monomarkazda WorldSkills Uzbekistan tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Koreya Respublikasining HRD Korea tashkiloti hamkorligida K-STAR Partnership Program for Skills Development dasturi doirasida qisqa muddatli xalqaro amaliy malaka oshirish treninglari boshlandi.


Tadbirda O‘zbekiston-Koreya hamkorligini mustahkamlash, o‘qituvchilarning malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish va ilg‘or metodikalarni joriy etishning ahamiyati ta’kidlandi.
Treninglarda mamlakatning 14 hududidan 314 nafar o‘qituvchi 11 yo‘nalish bo‘yicha koreyalik mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Dastur 14-noyabrgacha davom etib, kasbiy ta’lim tizimida ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishga xizmat qiladi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.