XITOY BILAN XALQARO HAMKORLIK KENGAYMODA

23.06.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining “Beijing Rui Pan International Education Technology Co.Ltd” tashkiloti Bosh menejeri Li Xin va Xorijiy boʻlim menejeri Wang Huan tashrif buyurdi.

☀️Delegatsiya aʼzolariga OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori A.Abidjanov, Sharq filologiyasi fakulteti dekani P.Omonov hamda Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Sh.Xakimova boshchilik qildi.

💼Tashrif davomida hamkorlik doirasida muzokara tashkil etilib, unda talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilar kasbiy kompetensiyasini oshirish, oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida til va madaniyat markazlarini ochish kabi istiqbolli rejalar ustida soʻz yuritildi va muhim kelishuvlarga erishildi.