XITOY DELEGATSIYASI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

17.04.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti rektori, professor Chjen Gaotszyan tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o‘quv-amaliyot bazasini tashkil etish hamda gumanitar fanlar bo‘yicha tadqiqotlar va almashinuv innovatsion markazini hamkorlikda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolandi.


Bundan tashqari, uchrashuvda o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish va sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − 9 =