«XITOY TILI KOʻPRIGI» TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

18.05.2024

Bugun Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida «Xitoy tili koʻprigi» tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov soʻzga chiqib, universitetning Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari aloqasi, OʻzDJTU da xitoy tili oʻqitilishi holati haqida maʼlumot berdi va musobaqada qatnashuvchilarga omad tiladi.

Ushbu musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Abenova Balnur, Mashanlo Zaynab va Yunusov Muxammadtoxir 3 ta shart boʻyicha qatnashib, mahoratini sinovdan oʻtkazdi.

https://uzswlu.uz/news