XITOY TILI VA MADANIYATIGA BAGʻISHLANGAN VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
16.06.2025Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy institutida “Xitoy tili ko’prigi-2025”, “Xitoy mintaqashunosligi bilimlari tanlovi”, “Xitoy modernizatsiyasi mening ko’zim bilan” ruknidagi videoroliklar tanlovlari g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari ham oʻz ijodiy ishlari bilan ham faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalar faxrli o’rinlarni egallab, pul mukofoti va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.