XITOY VA TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETLARI O’RTASIDA HAMKORLIK KENGAMOQDA

13.05.2025

Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, professor Ma Szyan boshchiligidagi delegatsiya Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ikki universitet mutasaddilari “Ilmiy-tadqiqot markazi”dagi arxeologik laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalanish, zarur maxsus uskunalar bilan boyitish, ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

>Qadimiy ipak yo‘li bo‘ylab arxeologik tadqiqotlar: tarixiy yodgorliklar va ularning konservatsiyasi” kabi mavzularda hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkillashtirish;

>laboratoriya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida ilmiy stajirovka va grantlar doirasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish;

>professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

>2026-yildan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish takliflari muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasidagi TerDU va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti rektorlari uchrashuvi tomonlarni qiziqtirgan ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli takliflar yuzasidan muzokaralar olib borish uchun qulay maydon sanaladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − 10 =