XITOY MILLIY MADANIYAT MARKAZIDA QATOR MASALALAR KO’RIB CHIQILDI
04.04.2025Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi qoshidagi Xitoy milliy madaniyat markaziga tashrif buyurdi.


Mazkur tashrif davomida universitet va madaniyat markazi oʻrtasidagi istiqboldagi oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan suhbat tashkil qilindi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻlib, uchrashuv davomida taʼlim va ilm-fan sohalaridagi qoʻshma loyihalarni rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Xitoy tomonidan xitoylik fuqarolarga va Oʻzbekistondagi Xitoy kompaniyalari xodimlariga rus yoki oʻzbek tillarini oʻqitishda hamkorlik qilish, xitoylik abituriyentlarni Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari, xususan, OʻzDJTU ga jalb qilish, xitoylik talabalarni joy bilan ta’minlash, xitoy fuqarolarining oʻqish, yashash sharoiti va xulq atvorini nazorat qilish kabilar muhokama qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.