XITOYLIK TALABALAR O’ZBEKISTONNING ETAKCHI UNIVERSITETIDA AMALIYOT O‘TAYDILAR
21.08.20242024-yil 20- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining «China Silk Road Education Technology (Beijing) Co., Ltd» kompaniyasi rahbari Ma Xayching rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki tashkilot o’rtasida Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida memorandum imzolandi.
Unga ko‘ra, Xitoylik talaba-yoshlar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.