XITOYNING YETAKCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARI VAKILLARI BILAN TA’LIM MULOQOT O‘TKAZILDI

25.04.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro ta’lim muloqoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir o‘quv jarayonini optimallashtirish, strategik rivojlantirish va transformatsiya qilishga qaratildi.

Unda universitet faoliyatini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratildi. Xitoy oliygohlari bilan akademik almashinuv, qo‘shma dasturlar va ilmiy loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlari muhokama qilindi. Ta’lim sifatini oshirish va talabalari ko‘p bo‘lgan universitetlarni boshqarish tajribalari bilan o‘rtoqlashildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ta’lim eksportini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash yo‘llari muhokama qilindi. Ushbu muloqot TDShU xalqaro nufuzini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five − four =