XO‘JA AHMAD YASSAVIY NOMIDAGI XALQARO QOZOQ-TURK UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK
11.04.2025Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum bo‘yicha universitetning O‘zbek filologiyasi va Chet tillari fakultetlarining professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.


Professor-o‘qituvchilar Turkiston shahrida bu yil ikkinchi bor o‘tkazilayotgan «Qozoq tili ilm tili: sun’iy intellekt va terminologiya» nomli II Xalqaro simpoziumda o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Simpoziumga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan taniqli olimlar hozirgi davr tilshunosligining dolzarb masalalari, zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, sun’iy intellekt va tilshunoslikning ilmiy kommunikatsiyasi, ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmunini yangilashning zamonaviy paradigmalari, sun’iy intellektning imkoniyatlari va ta’limni raqamlashtirish kabi bir qator dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashdi va tajriba almashdi.


Tashrif davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetining filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ham suhbat o‘tkazdi. Kelgusida ikki universitet o‘rtasidagi memorandum bo‘yicha ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish kabi masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Xizmat safaridagi professor-o‘qituvchilar akademik mobillik dasturi bo‘yicha ham universitet talabalariga dars o‘tdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.