XORIJIY TALABALAR MOBILLIK DASTURI KENGAYMOQDA
16.12.2025Bugun, 16-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy universitetiga Belarus Milliy Texnika Universitetining Xalqaro dasturlar almashinuvi va protokol boʻlimi boshligʻi Volkova Anastasiya boshchiligidagi 10 nafar talabadan iborat delegatsiya akademik mobillik dasturi doirasida tashrif buyurdi.
Belarus talabalari Biologiya va ekologiya fakulteti hamda Geologiya va muhandislik fakultetida akademik mobillik dasturi asosida oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Oxundadaev universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, akademik mobillik dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, xorijiy talabalar bilan hamkorlikda muntazam tashkil etib kelinayotgan yozgi maktablar haqida batafsil maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, talabalarning universitetda oʻtadigan akademik mobillik dasturiga boʻlgan qiziqishlari hamda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.



