“XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI
11.10.2019Joriy yilning 10-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Xorijiy tillarni o‘rganishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda institut rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, xorijlik mutaxassislar hamda barcha qiziquvchi talaba-yoshlar o‘zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar tashkil etildi:
• Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar;
• Xorijiy tillarni o‘qitishning axborot va pedagogik texnologiyalari;
• Xorijiy tillar yo‘nalishida onlayn kurslar yaratish va o‘quv jaryoniga joriy etish;
• Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion texnologiyalari;
• Xorijiy tillarni o‘qitishda ma’lumotlar bazasi va elektron kutubxona progressiv metodikasi;
• Yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni ingliz tilida chop etish.
Anjuman o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida olib borildi. Anjuman materiallari to‘plam shaklida chop etildi va nashrdan chiqarildi.











