XORIJIY TILLARNI SODDA TARZDA O’RGATUVCHI “IBRAT FARZANDLARI” LOYIHASI YO’LGA QO’YILDI

24.01.2023

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi paytda loyihaning Youtube platformasida  chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus va Ispan tillari hamda xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslarni onlayn o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, tez orada Fransuz, Italyan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham platformaga yuklanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, mazkur loyiha «Yoshlar ishlari agentligi» tomonidan tashkil etilgan “IBRAT Projects” loyihasining bir qismi hisoblanadi.