XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

17.11.2025

17-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Ta’lim jarayonida sun’iy intellektning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Malayziyaning Tun Husayn Onn universiteti Tillarni o‘qitish fakulteti dekani professor Azmi Abdul Latiff hamda universitet katta o‘qituvchisi Zainal Abidin Sayadi ishtirok etdilar.