XORIJLIK PEDAGOGLAR OLIS HUDUDLARDA FAOLIYAT OLIB BORMOQDA
26.01.2026Buxoro viloyati maktablarida yana 7 nafar xorijlik pedagog faoliyat boshladi. Shu bilan viloyat maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijlik pedagoglar soni 61 nafarga yetdi.




Muhim jihati shundaki, xorijiy o‘qituvchilar faqat viloyat markazidagi maktablarga emas, balki tuman va olis hududlardagi ta’lim muassasalariga ham biriktirilmoqda. Bu esa chekka hududlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun ham chet tillarini o‘rganish va zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirmoqda.
Xorijlik pedagoglarning hududlar bo‘yicha joylashuvi quyidagicha:
Buxoro shahri — 23 nafar;
Kogon shahri — 4 nafar;
Buxoro tumani — 5 nafar;
Romitan tumani — 3 nafar;
Jondor tumani — 2 nafar;
Kogon tumani — 1 nafar;
Vobkent tumani — 6 nafar;
Qorako‘l tumani — 3 nafar;
Peshku tumani — 6 nafar;
G‘ijduvon tumani — 7 nafar;
Shofirkon tumani — 7 nafar.
Takidlash joizki, xorijiy pedagoglar ishtirokidagi darslar orqali o‘quvchilarning chet tillarini o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
